Yetkazib berish haqida tez-tez so‘raladigan savollar

Buyurtma qancha vaqt ichida yetkazib beriladi?

Buyurtmalar odatda 8 soatdan 48 soatgacha bo‘lgan muddatda yetkazib beriladi.

Yetkazib berish qaysi soatlarda amalga oshiriladi?

Yetkazib berish har kuni 10:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

Agar buyurtmani 17:00 dan keyin bersam, qachon yetkaziladi?

Agar buyurtma 17:00 dan keyin joylashtirilsa, uni yetkazish keyingi kunga qolishi mumkin.

Yetkazib berish narxi qancha?

Yetkazib berish narxi mahsulot turiga qarab belgilanadi va 30 000 so‘mdan boshlanadi. Bu narx eshikgacha yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Viloyatlarga yetkazib berish mavjudmi?

Ha, viloyatlarga ham yetkazib beramiz. Bunda maxsus kuryerlik xizmatlaridan foydalaniladi.

Viloyatlarga yetkazish qancha vaqt oladi?

Viloyatlarga yetkazib berish odatda 2 dan 5 ish kunigacha davom etadi.

Viloyatlarga yetkazish narxi qanday belgilanadi?

Narx mahsulot turi, og‘irligi va o‘lchamiga qarab belgilanadi. Yetkazish muddati viloyat markazi yoki tuman joylashuviga qarab farq qilishi mumkin.

To‘lov haqida tez-tez so‘raladigan savollar

Qanday to‘lov usullari mavjud?

Ikki xil usul mavjud:

  • Naqd yoki karta orqali kuryerga to‘lov (Uzcard yoki Humo)

  • <p»>Oldindan onlayn to‘lov: Payme, Click orqali</p»>
Kuryerga to‘lov qachon qilinadi?

Agar siz buyurtmani naqd yoki karta orqali to‘lamoqchi bo‘lsangiz, to‘lov buyurtmani yetkazib bergan kuryerga amalga oshiriladi.

Oldindan to‘lov qilishim mumkinmi?

Ha, siz Payme, Octobank yoki Click orqali to‘lovni oldindan amalga oshirishingiz mumkin.

Qaytarish va almashtirish shartlari

Mahsulotni qaytarishim yoki almashtirishim mumkinmi?

Ha, quyidagi hollarda mahsulotni qaytarish yoki almashtirish mumkin:

  • Mahsulotdan foydalanilmagan bo‘lsa
  • Tovar ko‘rinishi, yorliqlari va tamg‘alari saqlangan bo‘lsa
  • Xaridni tasdiqlovchi chek yoki hujjat mavjud bo‘lsa
  • Mahsulotda ishlab chiqarishdagi nuqson aniqlansa
Qaytarish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Kamida xaridni tasdiqlovchi chek yoki raqamli kvitansiya bo‘lishi lozim.

Pul qachon qaytariladi?

Pul mablag‘lari amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qaytariladi.