Biz haqimizda
BOOTFOR — Futbol Ustunligiga Yo‘l Boshlovchi Onlayn Do‘kon
Futbol — bu oddiy o‘yin emas. Bu fidoyilik, jamoaviy harakat va g‘alabaga bo‘lgan intilish. Aynan shuning uchun Bootfor.uz O‘zbekistonda faqat futbol mahsulotlariga ixtisoslashgan onlayn do‘kon sifatida yaratilgan. Biz futbolni sevamiz va bu sohada eng yaxshi bo‘lishni maqsad qilganmiz.
Bootfor do‘konida siz futbolchi yoki murabbiy sifatida kerak bo‘ladigan barcha mahsulotlarni topasiz:
- Rasmiy jamoa formalaridan tortib oddiy mashg‘ulot kiyimlariga qadar
- Match va trening uchun mo‘ljallangan har xil to‘plar
- Darvozabonlar uchun maxsus anjomlar
- Futbol o‘yinlari uchun kerakli barcha aksessuarlar
- Klub va maktab jamoalari uchun to‘liq tayyor to‘plamlar
Bootfor sizga nima taklif qiladi?
- Faqat futbolga ixtisoslashgan mahsulotlar — boshqa sport turlari bilan chalg‘imaysiz
- Har doim dolzarb va yangi kolleksiyalar — yangi mavsum formasi chiqsa, bizda allaqachon mavjud
- Sifatli va sinovdan o‘tgan brendlar — Adidas, Nike, Puma, Uhlsport va boshqalar
- Fargo orqali ishonchli va tez yetkazib berish
- O‘lcham mos kelmasa yoki mos kelmagan holatlarda shartli qaytarish imkoniyati
- Jamoalar va sport maktablari uchun alohida yechimlar — buyurtma asosida ishlab chiqilgan to‘plamlar
Bootfor bilan futbol siz uchun yanada qulay va professional bo‘ladi
Endilikda siz stadion atrofidagi bozorlarni aylanishingizga hojat yo‘q. Eng zarur futbol anjomlari va kiyimlarini bir joyda, bir necha daqiqa ichida tanlab, buyurtma berishingiz mumkin.
Bootfor — bu nafaqat mahsulotlar do‘koni, balki futbol hayot tarzingizning ajralmas qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan hamkor.